Hamkorlik memorandumi imzolandi!

O‘zbekiston Fanlar Akademyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Qo‘qon universiteti o‘rtasida ilm - fan va innovatsiyalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish memorandumi imzolandi. 

Memorandumda ta'lim, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat borasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida tomonlar quyidagi faoliyat yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga kelishib oldilar:

🟢o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni birgalikda ishlab chiqish va

amaliyotga keng joriy qilish, o‘quv jarayoniga, ilmiy va innovatsion faoliyatga yetakchi olimlarni faol jalb qilish; 

🟢yosh tadqiqotchilarning stajirovka o‘tashlarini tashkil qilish; hamkorlikda ilmiy konferensiyalar o‘tkazish;

 yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash;

🟢oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga keng jalb etishda hamkorlik aloqalarini kuchaytirish.

Albatta, mazkur hamkorlik Qo‘qon universitetining o‘quv-uslubiy, ilmiy faoliyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

23 Yanvar 2025 777
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop