Anglashuv memorandumi imzolandi!
Qoʻqon universitetiga Latviya gidlar assotsiatsiyasi prezidenti Vijtauts Bruvelis va Yevropa turistik gidlar uyushmalari federatsiyasi vakili Oksana Krivenokalar tashrif buyurishdi.
Dastlab, mehmonlar universitetda professor-oʻqituvchilar va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi, turizm majmuasi hamda universitet muzeyida boʻldi.
Shuningdek, Axborot kutubxona markazi majlislar zalida oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Yakunda ikki oʻrtada anglashuv memorandumi imzolandi.
23 Fevral 2025
⁞
541