Ta'lim sifati doimiy nazoratda
Qo‘qon universiteti nodavlat oliy ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi “Qo‘qon universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi 683-son qarori asosida tashkil etilgan.
Qo‘qon universitetida o‘quv jarayonlari ECTS kredit modul tizimi asosida tashkil etilgan.
Ta’lim yo‘nalishlarining malaka talab hamda o‘quv rejalari Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan va tatbiq etilgan. O‘quv mashg‘uloti malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. O‘quv mashg‘uloti sifati Akademik ishlar departamenti, fakultet dekanati hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari tomonidan videokameralar orqali doimiy nazorat qilib boriladi. Joriy nazorat, Oraliq hamda Yakuniy imtihonlar HEMIS platformasida tashkil etiladi.
Har semestr yakunida talabalardan anonim so‘rovnomalar olinadi. Shu bilan birga grafik asosida talabalar bilan har oyda “Rektor suhbati” tashkil etiladi.
Bundan tashqari talabalarning taklif-istaklarini to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rganish maqsadida @rektorqabulibot virtual qabulxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Universitetda hozirgi vaqtda 9 ta ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lib, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi ta’lim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish talabalari akademik guruhlarga til bilish darajasiga ko‘ra bo‘linadi (A, B, C level). Ushbu shaklda talabalarni akademik guruhlarga biriktirish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar universitet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Bu esa, o‘z navbatida ta’lim sifati va til o‘rganish darajasini yuqori bosqichga olib chiqadi.
Talabalarning til o‘rganish ko‘rsatkichlari har semester yakunida hisoblab chiqiladi hamda bir leveldan yuqori levelga ko‘tarilish imkonini beradi yoki aksincha. Bundan tashqari, talabalar uchun bepul til to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, mazkur to‘garaklar faoliyati Ilmiy tadqiqotlar departamenti hamda fakultet dekanatlari tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.
Hozirgi vaqtda Ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha quyidagi to‘garaklar (to‘garaklarning barchasi bepul tashkil etiladi) o‘z faoliyatini samarali olib bormoqda:
1. Ingliz tili (A level)
2. Ingliz tili (B level)
3. Ingliz tili (S level)
4. IELTS for beginners.
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi talabalariga ta’lim beruvchi barcha professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5117-son qaroriga muvofiq chet tili sertifikatlariga va xalqaro malakalarga ega.
Dars mashg‘ulotlari jadvali har hafta HEMIS platformasida muntazam ravishda onlayn berib boriladi.