Turkiy Kengash Bosh kotibiga Qo‘qon universitetining tuhfasi topshirildi
V Assambleyada ilm-fan ravnaqi yo‘lida muhim takliflar ilgari surildi. Xususan, “O‘rxun almashinuv dasturi" va bu bo‘yicha baholash Dasturini ishlab chiqish yuzasidan ko‘riladigan chora-tadbirlar xususida so‘z bordi. Turkiy universitetlar ittifoqi faoliyatida O‘zbekiston, Turkmaniston va Vengriya universitetlarining ishtirokini kengaytirish va Talabalar kengashi faoliyati muhokama qilindi.
Shuningdek, 2021-2022 yillar uchun Yo'l xaritasini tayyorlash, 2021-2023 yillar uchun Universitetlar Kengashi raisini tayinlash kabi qator dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi va qarorlar qabul qilindi.
Qo‘qon universiteti rektori Sherzod Mustafakulov Turkiy Kengash bosh kotibi Bag‘dod Amriyevga Turkiy tilli davlatlar Turizm masalalari bo‘yicha vazirlarining Qo‘qon universitetiga tashrifi jarayonidan tayyorlangan fotoalbom tuhfa qildi.