“Yangi avlod – yangi g‘oyalar” an’anaviy aprel anjumani o‘z nihoyasiga yetdi
📍 Qo‘qon universitetida talabalar ishtirokidagi “Yangi avlod – yangi g‘oyalar” nomli an’anaviy aprel anjumani yakunlandi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zeboxon Qobilovaning “Yoshlar – ilm-fan taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi” mavzusidagi ochilish ma’ruzasi bilan boshlangan anjuman davomida yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyati keng namoyon bo‘ldi.
🔍 Anjuman quyidagi sho‘balar doirasida faol tashkil etildi:
1️⃣ Fan va ta’limning zamonaviy muammolari
2️⃣Turizm va iqtisodiy o‘sish: yangi yondashuvlar
3️⃣ Pedagogik innovatsiyalar – raqamli ta’lim, interfaol metodlar
4️⃣ Bugungi davr psixologiyasi – internet va texnologiyalarning inson psixikasiga ta’siri
💡 Anjumanda 250 ga yaqin iqtidorli talabalar o‘z ilmiy ishlanmalari va yangicha qarashlarini taqdim etdi. Ular o‘zaro fikr almashib, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga yechim takliflarini ilgari surdilar.
🧠 Anjuman yoshlarning innovatsion fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim platformaga aylandi.