Qo‘qon universitetida “Yangi avlod – yangi g‘oyalar” an’anaviy aprel anjumani boshlandi

Qo‘qon universitetida “Yangi avlod – yangi g‘oyalar” nomli talabalar ishtirokidagi an’anaviy aprel anjumani o‘z ishini boshladi. Anjumanning yalpi majlisini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zeboxon Qobilovaning “Yoshlar – ilm-fan taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi”mavzusidagi ma’ruzasi bilan ochildi. U ishtirokchilarga omad tiladi va sho‘balar faoliyatiga start berildi.

🎓Ilmiy anjuman quyidagi sho‘balar doirasida tashkil etildi:
1️⃣ Fan va ta’limning zamonaviy muammolari
2️⃣  Turizm va iqtisodiy o‘sish: yangi yondashuvlar
3️⃣ Pedagogik innovatsiyalar – raqamli ta’lim, interfaol metodlar
4️⃣ Bugungi davr psixologiyasi – internet va texnologiyalarning inson psixikasiga ta’siri

💽Mazkur anjuman iqtidorli talabalar uchun ilmiy-ijodiy izlanishlarini taqdim etish, o‘zaro tajriba almashish va ilmiy salohiyatini namoyon qilish imkonini berdi. Unda talabalarning dolzarb ilmiy ishlanmalari, yangicha qarashlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid fikrlari muhokama qilindi.

📝Anjuman 250 ga yaqin iqtidorli talabani qamrab olib, ertaga ham o‘z faoliyatini davom ettiradi. Uning asosiy maqsadi — yoshlarning innovatsion g‘oyalari, ilmiy ishlanmalari va kreativ fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishdir.

⏰️Anjuman yakunida eng yaxshi ilmiy maqolalar va loyihalar mualliflari faxriy yorliqlar, diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.photo_2025-04-17_09-48-59.jpg

photo_2025-04-17_09-49-00.jpg

photo_2025-04-17_09-49-01.jpg

photo_2025-04-17_09-49-03.jpg

photo_2025-04-17_09-49-04.jpg

photo_2025-04-17_09-49-05.jpg

photo_2025-04-17_09-49-07.jpg

 

17 Aprel 2025 428
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop