Tashrif samarali boshlandi
Universitetimizning Ta'lim sifatini nazorat qilish departamenti boshlig‘i Muborak Ganiyeva Orhun almashinuv dasturi asosida Qozog‘istonning X.Dostmuxamedov nomidagi Atirau davlat universitetiga yetib bordi.
Muborak Ganiyeva universitet rektori, pedagogika fanlari nomzodi, professor Salamat Idrisov tomonidan kutib olindi. Uchrashuvda har ikki universitetning hamkorlik istiqbollari xususida fikr almashildi.
Shuningdek, Muborak Ganiyeva hamda Fan va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Elaman Aybuldinov va Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Qarlig‘ash Eshirxanovalar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Universitetlararo talabalar almashish va Atirau universitetida O‘zbek tili va madaniyati markazi tashkil etish takliflari ilgari surildi.
4 Aprel 2023
⁞
926