O‘zbekiston – Malayziya ta’lim forumi davom etmoqda!
Avvalroq, Qoʻqon universiteti vakillari Oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan O‘zbekiston – Malayziya ta’lim forumida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Ayni paytda forum doirasida universitet vakillari Universiti Sultan Zainal Abidin, Universiti Malaya, Univeristy teknologi Malasia, Sultan Idris Education universiti, Universiti Utara Malasia va INTI International Univeristi kabi xorijiy oliy ta'lim muassasalarining delegatsiyalari bilan muzokara olib borishdi.
Uchrashuvlarda professor-oʻqituvchi-talabalar almashinuvi, akademik va ilmiy sohalarda oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
4 Fevral 2025
⁞
925