Qoʻqon universiteti talabalarini "Sizning dunyoyingiz – sizning loyihangiz" nomli xalqaro chempionatga taklif etamiz

photo_2023-11-07_12-00-45.jpg

 

🏆Xalqaro chempionat Rossiyadagi Janubiy Ural davlat universiteti bilan hamkorlikda boʻlib oʻtadi.  Mazkur chempionatda talabalar loyiha boshqaruvi hamda tejamkor ishlab chiqarish yoʻnalishlarida ishtirok etadi. Talabalarda har ikki yo'nalishlarni yoki birini tanlash imkoniyati mavjud. 

📌Ushbu musobaqa rus tilida ikki bosqichda onlayn va offlayn tarzda oʻtkazilib, birinchi bosqichda talabalar 10-noyabrgacha roʻyxatdan oʻtishi va 18-noyabrgacha tayyorlangan loyihalarini taqdim etishlari zarur.

✅Ikkinchi bosqich Chelyabinsk shahrida 1-dekabrdan 8-dekabrgacha boʻlib oʻtadi. Unda jamoalar oʻz loyihalarini himoya qilib berishlari talab etiladi. Chempionat gʻoliblariga diplom va esdalik sovgʻalari topshiriladi.

➡️Qo'shimcha ma'lumot hamda arizalar Ilmiy tadqiqot departamenti tomonidan qabul qilinadi. (@kuilmiybolim )

7 Noyabr 2023 460

Ommabop