Yosh iqtisodchilar bellashdilar
Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi tomonidan talabalarning iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish maqsadida "Iqtisodiy savodxonlik" tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda oltita jamoa ishtirok etdi. Qatnashchilarning iqtisodiy fanlar va atamalar bo‘yicha bilimlari hamda tezkorliklari sinovdan o‘tkazildi. Jamoalar iqtisodiy savodxonlikka oid mavzular mohiyatini tahliliy yoritib mahoratlarini ham namoyish qildilar.
Eng faol ishirok etgan bilimdonlar jamoasi - "Masters" faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. "Top managers" jamoasi 2 va "Liderlar" jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
G‘olib jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
11 Mart 2023
⁞
736