Qo‘qon universitetida magistrantlar uchun ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
Qo‘qon universitetining Iqtisodiyot yo‘nalishi 1-kurs magistrantlari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Qobilova hamda ilmiy tadqiqotlar bo‘limi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida magistrlik dissertatsiyasini yozish qoidalari, ilmiy maqolalar tayyorlash tartibi va ilmiy tadqiqot olib borish jarayonidagi muhim jihatlar atroflicha tushuntirildi.
Tadbir magistrantlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularni ilmiy ish olib borishga yanada rag‘batlantirishga xizmat qildi.
15 Mart 2025
⁞
205