Qo‘qon universitetida tarix va turizmga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Qo‘qon universiteti hamda “Qo‘qon” Art-rezidensiyasi hamkorligida “Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganishning turizm va milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi ahamiyati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda quyidagi ma’ruzachilar ishtirok etdi:
 • Yahyoxon Dadaboyev – tarixchi olim
• Baxtiyorjon Po‘latov – tadqiqotchi

Tadbir davomida Qo‘qon xonligining boy tarixiy merosi, uning bugungi turizm sohasidagi o‘rni hamda milliy iqtisodiyotga qo‘shayotgan hissasi haqida atroflicha fikr almashildi. Seminar ishtirokchilari tarixiy tadqiqotlar va turizm rivoji o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tahlil qilib, bu yo‘nalishda yangi g‘oya va tashabbuslarni muhokama qildilar.

Tadbir yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun ilmiy va amaliy bilimlarini boyitish, tarixiy merosimizni chuqurroq o‘rganish sari muhim qadam bo‘ldi.

 

5390921200957519381.jpg

5390921200957519382.jpg

5390921200957519383.jpg

5390921200957519385.jpg

5390921200957519386.jpg

 

18 Mart 2025 243

Ommabop