Qoʻqon universitetida “Ta’limdagi yangicha yondashuv – innovatsiya sari qoʻyilgan qadam” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi

Bugungi kunda ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to‘laqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish dolzarb vazifalardan biridir.

 Shu boisdan Qoʻqon universitetida “Ta’limdagi yangicha yondashuv – innovatsiya sari qoʻyilgan qadam” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi va koʻplab olima ayollarni bir joyga jam qildi.

photo_2024-12-05_09-19-03.jpg

 Anjumanda Qo‘qon shahrining olima ayollari, iqtidorli talaba-qizlari, mahalla raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Oliy ta`lim muassasalarining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchilari, Maktabgacha va maktab ta'limi muassasalarida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot raislari ishtirok etddi.

photo_2024-12-05_09-19-00.jpg

Mazkur anjuman ilm-fan sohasidagi ayollar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqlarini ta’minlash, manfaatlarini himoya qilish, ayollarni zo‘ravonlik va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, gender tengligini joriy qilish nuqtai nazaridan ta’limda ijobiy ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritish maqsadida tashkil etildi.

photo_2024-12-05_09-19-08.jpg

Konferensiya davomida ma’ruzachilar tomonidan olima ayollarimizning safi kengayib borayotgani, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati ta’lim va ilm-fan sohasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, tadbirda ishtirokchilarga “Jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlar ta’limining oʻrni”, “Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarni ta’lim va tarbiyadagi oʻrni”, Xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalari” kabi mavzularda ma’ruzalar eshittirildi.

Yakunda olima ayollarimizga faol ishtiroki uchun sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

photo_2024-12-05_09-19-17.jpg

photo_2024-12-05_09-19-20.jpg

Albatta, bunday ilmiy seminarlarni muntazam oʻtkazilishi ilmiy faoliyatga xotin-qizlarni ko‘proq jalb etilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa tadqiqot faoliyatidagi gender xilmaxilligi hamda iste’dodli tadqiqotchilar doirasini kengaytiradi, bu sohada yangi istiqbol va ijodkorlikni ta’minlashga zamin yaratadi.

10 Oktabr 2024 399

Ommabop