Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami nashr etildi

Qo‘qon universiteti tomonidan 2023-"Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili" munosabati bilan o‘tkazilgan “Ta’lim sifati – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini yanada yuksaltirishning muhim omili”  mavzusidagi konferensiya to‘plami chop etildi. 

Konferensiyada  yosh olimlar, tadqiqotchi talabalar o‘z taqdimot va ma'ruzalari bilan ishtirok etgan edilar. 

Konferensiya to‘plamida "Aniq va tabiiy fanlar ta’limida erishilgan yutuqlar va istiqbolli vazifalar”, “Barqaror rivojlanishni ta’minlashda iqtisodiyot, menejment va moliyaviy sohalarning o‘rni”, “Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda inson qadri va barkamol avlod shakllanishida pedagogika, psixologiyaning o‘rni”, "Filologiya fanlarini o‘qitish orqali ta’lim sifatini oshirishda innovatsion yondashuvlar", "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va texnika istiqbollari" kabi dolzarb 5 ta sho‘ba bo‘yicha spikerlarning maqolalari jamlandi. 

Ushbu to‘plam orqali universitet kafedralari ustozlari ilmiy rahbarligida talabalar, yosh olimlar tomonidan tayyorlangan 400 ga yaqin ilmiy materiallar bilan tanishish mumkin.

👉🏻 Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamini yuklab olish.

👉🏻 Sertifikatlarni yuklab olish

1 Iyun 2023 2712

Ommabop