Rossiyaning yetakchi pedagogika universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Qoʻqon universiteti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti vakillari – Barchenko S.A., Mereshkin D.E. va Yepifansev S.V. lar  oʻrtasida navbatdagi muzokara boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda har ikki oliygoh manfaatlarini koʻzda tutuvchi maqsadlar va takliflar oʻrtaga tashlandi. 

Bundan tashqari, pedagogik ta'lim sifatini ta'minlash, yangi bilim va malakalarni shakllantiruvchi resurslarni birlashtirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun stajirovka tashkil etish va ilg‘or ta'lim amaliyotlarida muvofiqlikka erishish kabi masalalar xususida fikr almashildi.

Yakunda Qoʻqon universiteti va  A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

29 Dekabr 2023 276
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop