Rossiyaning yetakchi pedagogika universiteti bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Qoʻqon universiteti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti vakillari – Sergey Barchenko Alekseyevin, Tatyana Belyayeva Vladimirovna, A.I.Gersenalar o‘rtasida muzokara bo‘lib oʻtdi. Uchrashuvda har ikki oliygoh manfaatlarini koʻzda tutuvchi maqsadlar va takliflar oʻrtaga tashlandi.
Shuningdek, pedagogik ta'lim sifatini ta'minlash, yangi bilim va malakalarni shakllantiruvchi resurslarni birlashtirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun stajirovka tashkil etish va ilg‘or ta'lim amaliyotlarida muvofiqlikka erishish kabi masalalar xususida fikr almashildi.
28 Oktabr 2023
⁞
382