Qoʻqon universitetining pedagogik xodimlari va bitiruvchilari uchun yangilik!

 

Qoʻqon universiteti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik memorandumga koʻra, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Qoʻqon universiteti bitiruvchilarini Sankt-Peterburg asosiy kampusida va Toshkentda joylashgan filialiga bitiruvchilarni magistraturada tahsil olishga, pedagogik xodimlarni esa aspiranturada ta'lim olishga, shuningdek, amaliyot oʻtashga taklif etadi!

Ma'lumot uchun, magistratura kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklida boʻlib, quyidagi mutaxassisliklarda talabgorlarni kutib qoladi:

 – psixologiya;
– pedagogika;
– boshqaruv;
– menejment va boshqalar.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya davlat pedagogika universitetida ta'lim olishni va amaliyot oʻtashni istaganlar batafsil ma'lumot olish uchun Axborot kutubxona markaziga murojaat qilishlari soʻraladi.

31 Avgust 2024 300
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop