🖊 "Ochiq eshiklar kuni"da Qo‘qon universitetida shahrimiz maktablari o‘quvchilari uchun kampus-tur tashkil etildi.
Maktabni bitirish arafasida turgan o‘quvchi-yoshlarga universitetda ta'lim olishning afzalliklari, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar, qabul tartiblari va o‘qitish tizimi haqida ma'lumotlar berildi.
Yoshlar universitet o‘quv xonalariga taklif etilib, oliy ta'lim muhiti bilan yaqindan tanishtirildilar. Samimiy suhbat olib borilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
23 Fevral 2023
⁞
1177