🖊 Tarixiy obidaga sayohat uyushtirildi
"Orientation week" haftaligi doirasida 1-kurs talaba-yoshlari uchun Qo‘qon shahridagi muhtasham tarixiy obidalardan biri - Xudoyorxon o‘rdasi bilan tanishish imkoniyati yaratildi.
Qo‘qon madaniyati va tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimlari talabalarga tashqi qal'a, o‘rta va ichki saroylar hamda bog‘dan iborat bo‘lgan inshootning bunyod etilish tarixi haqida qiziqarli ma'lumotlar berdilar. Qadimiy qo‘lyozmalar, kitoblar va boshqa eksponatlar bilan tanishtirdilar. Talabalarga, ayniqsa mahorat bilan namoyish etilgan tarixiy spektakl manzur bo‘ldi.
27 Sentabr 2022
⁞
1080