🖊 Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun tanlovda a'lo xulqi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan alohida iste'dodini namoyon etib kelayotgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar ishtirok etishlari mumkin.

 

📍Talabgorlardan: 

 

🟢adabiyot;

🟢madaniyat; 

🟢san'at;

🟢fan; 

🟢ta'lim sohalari;

🟢 jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishayotgan bo‘lish talab etiladi.

 

🔖 Qo‘qon universitetining ushbu nufuzli tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-qizlari o‘z hujjatlarini Innovatsion ta'lim va iqtidorli talabalar bilan ishlash markaziga (10-oktyabrga qadar 11:00 dan 17:00 gacha) topshirishlari so‘raladi.

 

📌 So‘nggi ikki yil mobaynidagi ibratli faoliyati, adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi alohida yutuqlari aks etgan hujjatlar jamlanmasini tayyorlab, taqdim etish joiz.

4 Oktabr 2022 839
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop