🖊 Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlaringizni onlayn topshirishingiz mumkin.

Hujjatlar joriy yilning 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklidir.

Yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

24 Yanvar 2023 1109
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop