📚 “Matematik ta’lim” o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi
Qo‘qon universitetida tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy ta’lim muassasalarining “Matematik ta’lim” o‘quv kursi o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Kitob bo‘lg‘usi tarbiyachi-pedagoglarga maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish hamda rivojlantirish uchun zamonaviy yondashuvlar asosidagi zarur bilimlarni beradi.
Shuningdek, ushbu qo‘llanmadan talabalar, magistrlar, doktorantlar maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik savodxonligini oshirishda foydalanishlari mumkin.
2 Iyul 2022
⁞
784