📚 Talabalar universitet kutubxonasi faoliyati bilan tanishdilar
Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi 1-bosqich talabalari universitet faoliyati va infrastrukturasi bilan yaqindan tanishtirilmoqda.
Axborot-kutubxona markazimizda talabalar bilan kitob mutolaasi, mustaqil o‘qib-izlanishning ahamiyati haqida suhbat o‘tkazildi. Ularga universitet kutubxonasida yaratilgan barcha imkoniyatlar, o‘quv va badiiy hamda elekron adabiyotlar fondi haqida ma'lumotlar berildi. Dunyo bo‘ylab nashr etilayotgan xorijiy tillardagi ilmiy, ta'lim tadqiqotlariga oid maqolalar va turli sohalardagi elektron nashrlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjudligi yetkazildi.
"Orientation week" seminar-treninglari davom etmoqda.
📌 AKTning elektron kutubxonasiga ulanish ➡️ @LIBRARY_KU
🔎 Foydali elektron nashrlar ⬇️
▫️https://link.springer.com/
▫️https://journals.sagepub.com/
▫️https://www.proquest.com/