📑 Yakuniy loyiha ishlarining dastlabki himoyasi o‘tkazilmoqda
Qo‘qon universiteti bitiruvchilari tomonidan tayyorlangan yakuniy loyiha ishlarining kafedralar miqyosidagi dastlabki himoyasi o‘tkazilmoqda.
Bitiruvchi-talabalar ilmiy rahbarlari ko‘magida iqtisodiy, moliyaviy, boshqaruv va turizmga oid mavzularda bitiruv loyiha ishlari yuzasidan tadqiqotlar olib bordilar. Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi mas'ullari tomonidan 52 nafar talabaning yakuniy loyiha taqdimotlari eshitildi.
Talabalarga yakuniy loyiha ishi himoyasiga qadar bartaraf etishlari kerak bo‘lgan kamchiliklar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
23 Fevral 2023
⁞
1071