🖊 Xorijiy professor-o‘qituvchilar tashrifi samarali o‘tdi
X. Dosmuxamedov nomidagi Atirau davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Aigul Bakirbekova, Karaz Kaziyev va Shinar Bisenovalar Orhun almashinuv dasturi doirasida universitetimiz professor-o‘qituvchilari bilan o‘zaro tajriba almashdilar.
Aigul Bakirbekova ikki kun davomida professor-o‘qituvchilarimizga ilmiy salohiyatni shakllantirish va ilmiy maqolalar yozish texnikalari bo‘yicha seminar-trening o‘tkazdi. Treningda ilmiy jurnallarni to‘g‘ri tanlash, nufuzli nashrlarning impakt faktoriga mos maqolalar yozish va chop etish, hammualliflikda ijod qilish hamda hamkasblardan sohaga oid maslahatlar so‘rash borasida zarur tavsiyalar berdi.
Xorijiy ustozlarga minnatdorchilik bildirildi, Orhun almashinuv dasturida ishtirok etganliklari xususida Sertifikatlar taqdim etildi va ehtirom bilan kuzatildi.
🖊 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamlari tayyorlandi
Qo‘qon universiteti, X.M. Berbekova nomidagi Kabardino-Balkar davlat universiteti va Tazkia universitetlari hamkorligida o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy amaliy konferensiyaning to‘plamlari nashr etildi.
"Zamonaviy sharoitda iqtisodiyotning dolzarb masalalari" mavzusidagi konferensiyaning ushbu to‘plamlarida professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning dolzarb mavzulardagi ilmiy maqolalari jamlangan.
Yuklab olish(1)
Yuklab olish(2)
Yuklab olish(3)