🔰 Yoshlar ogohligi oshirildi

Qo‘qon universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

www.kokanduni.uz

Tadbirda Farg‘ona viloyati IIB 2-Mintaqaviy hudud boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Akramjon Tojiyev, Qo‘qon shahridagi G‘ishtli masjid imom xatibi Murodjon Otajonov va 2-sonli Narkologiya dispanseri shifokori Nodira Azimova o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

www.kokanduni.uz

Ma'ruzalarda yoshlar jamiyat hayotida tobora faollashib, o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan bir vaqtda ayrim irodasi sust o‘smirlar givohvandlik va psixotrop vositalar balosiga mubtalo bo‘layotgani, o‘g‘uning nafaqat inson jismi, balki jamiyatga ham mislsiz zarari borligi hayotiy misollar bilan ochib berildi. Bu illat insonni ruhan va jismonan "yemirib", mehnatga yaroqsiz holga keltirishi, qator jinoyatlarga sabab bo‘lishi sanab o‘tildi.

www.kokanduni.uz

Yoshlar giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olish, osoyishtalikni saqlashdek umumishda hamkorlik va ogohlikka chorlandi.

www.kokanduni.uz

www.kokanduni.uz

photo_2023-02-14_20-02-07.jpg

www.kokanduni.uz

14 Fevral 2023 1186
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop