Q1 kvartildagi yuqori ilmiy ko'rsatkichlarga ega nufuzli jurnalda ilmiy maqola chop etildi.

"Sensors" jurnalida universitetimizning Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasi dotsenti v.b. Xashimov Axmad Anvarovichning Janubiy Koreyaning Gachon va Konkuk universitetlari hamda TATU Samarqand filiali olimlari bilan hammualliflikda "CNN-Based Kidney Segmentation Using a Modified CLAHE Algorithm" mavzusidagi ilmiy maqolasi nashr etildi.

Mazkur ilmiy maqolada tibbiyot tasvirlarini qayta ishlash, segmentatsiya yo'nalishlari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilib, zaruriy tahlil, taklif va xulosalar berilgan.    

📚 Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://doi.org/10.3390/s24237703

22 Fevral 2025 417
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop