"Маqsad qo'yish va unga erishish yo'llari" mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi
Qoʻqon universiteti talabalari uchun "Yuksalish" liderlar akademiyasi loyihalari rahbari, "Kelajak bunyodkori" medali sohibi Muhammadali Eshonqulov hamda Ta'lim fakulteti, pedagogika-psixologiya kafedrasi o'qituvchisi, amaliy psixolog Ashurova Gulruxonlar hamkorligida ajoyib seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Seminar-trening ma'ruzachilar tomonidan talabalik davrida to‘g‘ri va samarali maqsad qo‘yish, vaqtni toʻgʻri boshqarish, oʻqish, ish va shaxsiy hayotni muvozanatda saqlash, motivatsiya va o‘z-o‘zini rivojlantirish usullari kabi mavzularga e'tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalar uchun foydali psixologik treninglar olib borilib, ularning shaxsiy rivojlanishi toʻgʻri koʻrsatmalar berib oʻtildi.
23 Dekabr 2024
⁞
345