Gunadarma universiteti bilan vebinar tashkil etildi

Qo‘qon universiteti Xalqaro hamkorlik departamenti tomonidan Indoneziya Respublikasining Gunadarma universiteti bilan "Welcome speech" vebinari o‘tkazildi. Gunadarma universitetining Tillar va Madaniyatlar fakulteti dekani, doktor Ichwan Suyudi taqdimoti orqali talabalarga xalqaro hamkorlikda ochilgan ushbu fakultet haqida ma'lumotlar berdi.  Xalqaro aloqalar koordinatori Doktor I Made Wiryana Indoneziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalariga to‘xtaldi. Gunadarma universiteti rektori, professor Eko Sri Margianti xonim O‘zbekistonning Indoneziyadagi Turizm brendi elchisi ekanligini ma'lum qildi. Vebinar davomida muzokara bo‘lib o‘tdi. Ingliz tili va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kitoblar chop etish, maqolalar tayyorlash, talabalar uchun online kurslar tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar almashish, Qo‘qon universitetida Gunadarma universiteti talabalari uchun Qishki va Yozgi maktablar tashkil etishga kelishildi.

gunadarma1.jpg

gunadarma2.jpg

23 Dekabr 2021 683
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop