Matematika ta'limi rivoji yo‘lida hamkorlik o‘rnatildi
Qo‘qon universiteti rahbariyati va Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘qon shahar 2-ixtisoslashgan maktab rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda vodiy viloyatlari, ayniqsa, Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahrida matematika ta'limini rivojlantirish, aniq fanlar bo‘yicha alohida qobiliyati va bilimi bor eng kuchli o‘quvchi-yoshlarni kashf etish hamda iqtidorlarini yuzaga chiqarish borasida fikr almashildi.
Qo‘qon universiteti bazasida kuchli o‘quvchilar tarbiyalab yetishtirishning eng samarali vositasi bo‘lgan matematik va xorijiy tillar olimpiadalarini o‘tkazish, xalqaro olimpiadalarga yoshlar jamoalarini tayyorlash va aniq fanlar o‘qituvchilarining malakasini oshirishda hamkorlikka kelishildi.
2 Mart 2023
⁞
873