Samarali interaktiv metodlar o‘rganildi
Qanday qilib dars boshidanoq talabalar diqqatini mavzuga butkul jamlash mumkin? Talabalar bilan o‘quv "shartnoma"si tuzib olishning ahamiyati qanday? Tartib-intizomni saqlashda qanday qilib talabalarni bir-birlarining hatti-harakatlariga "nazoratchi" qilib qo‘yish mumkin?
Qo‘qon universitetida UNICEF xalqaro treneri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Dilafruz Xidoyatova tomonidan o‘tkazilgan seminar-treningda pedagoglar uchun dolzarb bo‘lgan shu kabi savollarga interaktiv yechimlar berildi.
"Samarali interaktiv metodlar" mavzusidagi treningda professor-o‘qituvchilarimizga auditoriyada o‘zaro hurmat ustuvorligini ta'minlash, darsda 80 % talaba, 20 % o‘qituvchi ishlashiga erishish, mavzuni qiziqarli tarzda ochib berish usullari bo‘yicha xalqaro tajribalar o‘rgatildi.
Mahoratli ustoz tomonidan auditoriyaga yangi o‘zgarishlar kiritish, darslarni samarali tashkil qilishda kerakli vositalar, strategiyalar, usullar hamda texnikalar borasida ishtirokchilar malakasi oshirildi.