Qo‘qon shahrida mart oyi - matematika fani oyligi etib belgilandi

IMG_20230302_163003_439.jpg

Qo‘qon shahar hokimligining faollar zalida sektorlar rahbarlari, mahallalar va ta’lim tizimi vakillari ishtirokida yoshlar ta’lim-tarbiyasi samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

IMG_20230302_163003_354.jpg

IMG_20230302_163002_711.jpg

Yig‘ilishda shahar hokimi Marufjon Usmonov va Qo‘qon universiteti rektori Gʻafurjon Zaxidovlar tomonidan mart oyini matematika fani oyligi sifatida o‘tkazish taklifi ilgari surildi. Oylik doirasida maktablarda ikki bosqichda olimpiada tashkil etish, har bir maktabdagi barcha sinflarning ushbu fanga layoqatli o‘quvchilarini kashf etish va g‘oliblarni munosib rag‘batlantirish xususida so‘z bordi.

Shuningdek, Qo‘qon shahridagi ta’lim muassasalarida aprel oyi ingliz tili va kitobxonlik, may oyi esa fizika va informatika oyiligi sifatida belgilab olindi.

2 Mart 2023 925
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop