Qo‘qon universitetiga xorijlik real sektor vakillari tashrif buyurdilar

Xitoy Xalq Respublikasidan "BNBM building materials central Asia" MChJ bosh direktorining muhandislik bo‘yicha o‘rinbosari Shanfeng Dou va afg‘onistonlik Yamo Halil tashrif buyurdilar. Qo‘qon universiteti rektori Sherzod Mustafakulov mehmonlarni universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi va suhbatda bo‘ldi. Ayni paytda Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasida yirik loyihani amalga oshirish ustida ish olib borayotgan bu investorlar kelgusida 130 ish o‘rni yaratilishi, turli yo‘nalishlarda yetuk kadrlarni ishga olishlari va xitoy tilini yoshlarga o‘rgatish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini ma'lum qildilar. Tadbirkorlarning iqtidorli talabalar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Yoshlar o‘z loyihalari taqdimotini amalga oshirdilar. Real sektor vakillari bilan kelgusida har jihatdan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida muzokara olib borildi.

XORIJ1.jfif     XORIJ2.jfif    XORIJ3.jfif   XORIJ4.jfif   

 

 

 

 

27 Dekabr 2021 690
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop