Talabamiz - yilning eng yaxshi tarbiyachilari safida!
Maktabgacha ta’lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi talabasi Oyjamol Turg‘unova "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" kasbiy ko‘rik-tanlovining O‘rta Chirchiq tumani va Toshkent viloyati bosqichlarida faxrli 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Nufuzli tanlovning respublika bosqichida esa "Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi" nominatsiyasi bo‘yicha munosib ishtirok etdi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining "Tashakkurnoma"si bilan taqdirlandi.
Oyjamol Turg‘unovani ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz!
23 Oktabr 2022
⁞
1047