Professional ta'lim muassasasi vakillari - universitetimizda
Qo‘qon universitetiga Marg‘ilon Turizm va madaniy meros texnikumi direktori Ravshanjon Sarimsoqov boshchiligida o‘qituvchilar va bitiruvchilar tashrif buyurdilar.
Universitet rahbariyati bilan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, texnikumga o‘quv, ilmiy va uslubiy ko‘mak berish bo‘yicha muloqot bo‘lib o‘tdi.
Bitiruvchi-yoshlar universitet bilan yaqindan tanishtirildilar. Ular Mehmonxona va turizmni boshqarish yo‘nalishida oliy ta'limda o‘qishni davom ettirish istagini bildirdilar.
1 Mart 2023
⁞
803