"Sport malikalari" musobaqasi qizg‘in kechdi
Universitetimiz talaba-qizlari o‘rtasida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida o‘tkazilgan "Sport malikalari" bellashuvi qiziqarli shartlari bilan barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Sport-sog‘lomlashtirish tadbiri fitnes aerobika mashqlari bilan boshlanib, jamoaviy o‘yinlar bilan yanada qizg‘in tus oldi. Ishtirokchilar 6 ta jamoaga birikib, o‘zaro bellashdilar. Eng chaqqon va kuchlilar saralanib, "Kosmos" jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin "Super girls" jamoasiga nasib etdi. "Hermes", "Parvoz", "Ledilar" va "Perfect" kabi jamoalar esa 3-o‘ringa munosib ko‘rildilar. Sport malikalarimiz samimiy tabriklandi.
7 Mart 2023
⁞
1057