"Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi" tadbiri bo‘lib o‘tdi!

Bugun Qoʻqon universitetida respublika doirasida bo'lib o'tayotgan olima ayollar haftaligiga bag'ishlangan "Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi" nomli ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tadqiqotchi ayollar, magistratura bosqichining ayol talabalari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

14.jpg

Tadbir davomida jamiyatda ayollarning o‘rni, ularning ilm-fan va ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, yosh avlodni ilmga undashdagi roli haqida qizg‘in suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ilmli ayollar jamiyat taraqqiyotida qanday muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

13.jpg

Tadbir mehmonlari orasida yetakchi olima va tadqiqotchilar bo‘lib, ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Magistratura talabalari esa o‘z izlanishlari va kelajak rejalarini namoyish etdilar.

12.jpg

Albatta, bu kabi tadbirlar jamiyatimizda ayollar faolligini oshirish, ularni ilm-fan va ta’lim sohasida qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

11 Fevral 2025 1136
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop