Universitetimiz ma'ruzachilari - harbiy qismda
Qo‘qon universitetining Talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti va Marketing va PR departamenti tashabbusi bilan shahrimizdagi harbiy qismlardan birida harbiylarning oila azolari uchun ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Uchrashuvda Talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i Rustamjon Matmusayev va Ta'lim kafedrasi o‘qituvchisi, psixolog-konsultant Faxriddin Xamidullayevlar o‘z ma'ruzalarida harbiy oilalarda sog‘lom muhit barqarorligini ta'minlash, ularning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirishga e'tibor qaratdilar.
Shuningdek, harbiylarning ayollari va farzandlariga universitetimizda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud yo‘nalishlar, sirtdan o‘qish imkoniyatlari targ‘ib qilinib, oliy ta'limga jalb etildi. Ko‘pchilik ishtirokchilar oliy ta'limga oid savollariga javoblar olib, o‘qish istagini bildirdilar.