Ayol borki olam munavvar...
Qo‘qon shahrida jamiyatimiz taraqqiyotining turli sohalarida sidqidildan mehnat qilayotgan xotin-qizlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Anjumanda Qo‘qon universitetining bir guruh fidoyi ustozlari ham ishtirok etishdi.
Qo‘qon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov katta hayot tajribasiga ega onaxonlar, zahmatkash, o‘z taqdirini shu yurt bilan uyg‘un ko‘rgan xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. Jamiyat hayotidagi, bugungi yangilanishlar jarayonidagi faol ayollarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
8 Mart 2023
⁞
836