⏳"Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi
21-oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab, Axborot-kutubxona markazimizda "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Intellektual o‘yinlar orasida eng qiziqarlisi bo‘lgan "Zakovat"da professor-o‘qituvchilar va talabalarimizdan iborat 6 ta jamoa bellashdi. Xayajonli va qizg‘in kechgan o‘yinda hakamlar hay'ati tomonidan ishtirokchilarning tarixiy, adabiy va mantiqiy bilimlari, tafakkur va fikr tezligi baholab borildi.
3-o‘ringa talaba-yoshlarning "Economics" jamoasi, 2-o‘ringa esa o‘qituvchilardan iborat "Pedagoglar" jamoasi sazovor bo‘ldi.
Ustozlar jamoasi - "Kokand University" faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
21 Oktabr 2022
⁞
944