✍️ Qo‘qon universiteti talabalari "Bo‘lajak olim" tanlovi g‘olibi

Yoshlar akademiyasi tomonidan  “Boʻlajak olim” tanlovi o‘tkazilib, respublikamiz yoshlarining ilmiy gʻoya boʻyicha takliflari qabul qilindi. Vazirlik Hayʼati muhokamasida 108 ta ilmiy g‘oya koʻrib chiqildi va 49 tasi ragʻbatlantirishga tavsiya etildi.

photo_2023-02-22_10-26-53.jpg

Quvonarlisi, Qo‘qon universiteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi talabasi Dilyorjon Solijonov, iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari Shohruh Nishonqulov va Botirjon Rajabboyevlar (ilmiy rahbar - Farhod Mulaydinov) tomonidan ishlab chiqilgan loyiha moliyalashtirishga tavsiya etildi.

- "Ta'lim - 360" loyihamiz kengaytirilgan real (AR) texnologiyasi asosida yangi o‘zbek tilidagi manbalar yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu orqali gadjetlardan unumli foydalanishning yana bir ko‘nikmasiga ega bo‘lish mumkin. G‘oyamizni hayotga tatbiq etish uchun 91 mln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilandi,- deyishmoqda Qo‘qon universitetining bo‘lajak olimlari.

29 Sentabr 2022 631

Ommabop