✍️ Olim va yoshlar uchrashuvi

photo_2023-02-24_09-03-07.jpg

"Yosh avlodni ma’lum qoidalar bilan emas, o‘rnak bo‘lib tarbiyalash kerak".

Atoqli matematik olim, professor, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Abdulla A’zamov bilan talabalarning uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda Namangan davlat universiteti rektori, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan olim yoshlarga tanishtirildi.

photo_2023-02-24_09-03-09.jpg

photo_2023-02-24_09-03-12.jpg

Uchrashuvda talabalar tanlagan mavzu - odam va din xususida qiziqarli suhbat bo‘ldi. Olim diniy va dunyoviy ilmlarga tayanib, fan va din o‘rtasidagi bog‘liqlik va ziddiyatlar, ruh hamda insonni boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan hislatlar haqida keng tushuncha berdi. Ruhiy barkamollikda Qur’on, millatimizga xos yaxshi sifatlarni o‘zlashtirishda Alisher Navoiy va ilmiy qarashni kengaytirishda insoniyatning rivojlanish nazariyasini o‘rganishni tavsiya etdi. 

photo_2023-02-24_09-03-13.jpg

photo_2023-02-24_09-03-16.jpg

"Mening bosh ustozim – kitob. Eng buyuk ustoz to‘g‘ri tanlangan kitob", dedi olim yoshlarga qarata.

6 Dekabr 2021 591

Ommabop