Iqbol Mirzo - talabalarimiz davrasida

photo_2023-04-24_16-08-44.jpg

Bugun universitetimizda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, xalqimizning sevimli shoiri Iqbol Mirzoning talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ijodiy kechada shoir hayotining unutilmas onlari, bolalik damlariga to‘xtaldi. Adabiyotga kirib kelishida turtki bo‘lgan ota-onasi, shoir Charxiy va birinchi o‘qituvchisi kabi ustozlarini yodga olib, ular haqidagi ibratli xotiralarini so‘zlab berdi.

photo_2023-04-24_16-08-54.jpg

Adabiy anjumanda she'riyat ixlosmandlari shoirning yangi ijod namunalaridan bahramand bo‘ldilar. Ayniqsa, yosh shoir va shoiralar undan qimmatli tavsiyalar oldilar.

photo_2023-04-24_16-09-18.jpg

Savol-javob va hazil-mutoyibaga boy, ham she’riy, ham musiqiy, esda qolarli tarzda o‘tgan uchrashuvda Iqbol Mirzo talaba-yoshlarga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. 

photo_2023-04-24_16-09-07.jpg

20 Aprel 2023 744

Ommabop