Qo‘qon yoshlari ezgu maqsad atrofida birlashdilar!

Referendum arafasida respublikamiz bo‘ylab, jumladan Qo‘qon shahrida ham targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

www.kokanduni.uz

Xususan, bugun Qo‘qon musiqali drama teatri oldi maydonida estrada yulduzlari, sportchilar, rasmiy doiralar vakillari, o‘quvchi va talaba-yoshlar ishtirokida "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki" shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi va katta konsert dasturi namoyish etildi. Unda, ayniqsa Qo‘qon universiteti rahbariyati, ustozlar va talabalar faol qatnashdilar.

Taniqli boshlovchi-suxandonlar, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, el suygan mashhur san'atkor Yulduz Usmonova va boshqa estrada xonandalarining tashrifi barchani xushnud qildi. Yoshlar yoqimli qo‘shiqlarini san'atkorlarga jo‘r bo‘lib kuyladilar.

www.kokanduni.uz

O‘zbekiston xalq shoiri, "Shuhrat" medali va "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni sohibi Iqbol Mirzo ham yoshlarimiz tomonidan katta xursanchilik bilan kutib olindi.

www.kokanduni.uz

Tadbirda so‘z olganlar yoshlarni yurtimiz kelajagiga daxldor jarayonlarda befarq bo‘lmaslikka, referendumda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga undovchi murojaatlar qildilar.

www.kokanduni.uz

Bayramona kechgan tadbirda yoshlarimiz qo‘llarida "Seniki", "Meniki", "Bizniki", "Konstitutsiya — o‘zimizniki" yozuvlari tushirilgan rang-barang plakatlar bilan bu siyosiy jarayonlarga xayrixoh ekanliklarini bildirdilar. Ayniqsa, bayram maydoni tepasida O‘zbekiston Davlat bayrog‘i bilan aylanib uchgan vertolyot barchaga o‘zgacha g‘urur-ifyixor bag‘ishladi.

www.kokanduni.uz

Ma’lumot o‘rnida, referendum 30 aprelda o‘tkazilishi belgilangan. Muddatidan oldin ovoz berish 19−26 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.  

www.kokanduni.uz

Ushbu tadbir qanday o‘tkazilganini bizning fotojamlanmamizda ham ko‘rishingiz mumkin.

www.kokanduni.uz

1 Aprel 2023 787

Ommabop