Qoʻqon universitetida professor-o'qituvchilarning loyiha taqdimoti o‘tkazildi!
Bugun Qoʻqon universitetida professor-o‘qituvchilarning mahalliy loyiha tanlovlarida ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbir davomida o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda universitetda o'qitiladigan fanlar bo'yicha laboratoriyalar tashkil etishga mo'ljallangan loyihalar ham namoyish etildi. Ustozlar ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, amaliy mashg‘ulotlarni takomillashtirish va talabalarga zamonaviy bilim berish maqsadida innovatsion laboratoriyalar yaratish takliflarini ilgari surdilar.
Albatta, mazkur tashabbuslar zamirida universitetning ilmiy va innovatsion salohiyatini oshirish hamda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish koʻzda tutilgan.
19 Yanvar 2025
⁞
219