Qo‘qon universiteti talabalari - Mirzo Ulug‘bek vorislari

Ushbu respublika tanlovining final bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
3 kun davom etgan musobaqada Qo‘qon universiteti talabalari ham munosib ishtirok etib, zamonaviy ta'lim vositalari hamda boshlang‘ich ta'limda investitsiya va media axborotlar xususidagi loyiha va ishlanmalarini maxsus komissiyaga taqdim qildilar.
photo1677061237 (1).jpg
Hay’at a’zolari tomonidan startaplar orasidan eng yaxshi 100 ta loyiha saralab olindi. Quvonarlisi, iqtidorli talabalarimiz Botir Rajabboyev va Madina Boboqulova g‘oliblar safidan o‘rin oldilar. Taqdirlash marosimida g‘olib ishtirokchilarning har biri Sertifikat va BHMning 20 baravari miqdoridagi pul mukofotlari bilan moddiy rag‘batlantirildi.

st.jpg

 Yana bir tashabbuskor talabamiz Yulduzxon Rahimberdiyeva tanlovning faol ishtirokchisi sifatida Sertifikat bilan taqdirlandi va rag‘batlantirildi.

25 May 2022 686

Ommabop