Orziqulov Xusnidin To‘lqin o‘g‘lining dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtdi
Orziqulov Xusnidin To‘lqin o‘g‘li “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarbiyaviy faoliyatga doir kompetentlikni rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 3-dekabrda muvaffaqiyatli himoya qildi.
Qo'qon universiteti jamoasi Orziqulov Xusniddin Toʻlqin oʻgʻlini ushbu yuksak marra bilan tabriklaydi.
Ma'lumot uchun, tadqiqotchiga Taʼlim kafedrasi professori Qoʻchqarova Feruza Maxammatqosimovna ilmiy rahbarlik qilgan.
5 Dekabr 2024
⁞
428