Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Turizm masalalari bo‘yicha vazirlarining VI yig‘ilishiga bag‘ishlangan nufuzli anjuman mehmonlarining Qo‘qon universitetiga tashrifi bo‘lib o‘tdi
Mehmonlar Xo‘qandi latifning azaliy mehmondo‘stlik an’analari asosida ehtirom bilan kutib olindilar.
Universitet maydonida turkiy davlatlarning milliy kiyimlari, kuy-qo‘shiq va raqslari namoyishi yuqori martabali mehmonlarni mamnun etdi.
Tashrif davomida nufuzli mehmonlar universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildilar.
Qo‘qon universitetida turkiy tilli davlatlarning buyuk adiblari nomlari aks etgan “Tafakkur gulshani” monumentiga asos qo‘yildi.
Qo‘qon shahrida, xususan Qo‘qon universitetida 24 iyun kuni o‘tkazilgan ushbu muhim tarixiy anjuman munosabati bilan kelajak avlodlar uchun maxsus noma tayyorlanib, turkiy davlatlar vazirlari tomonidan imzolandi.
24 Iyun 2021
⁞
921