Yangilanayotgan Konstitutsiya xalqimiz farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos

1.jpg

Universitetimizga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Durbek Ahmedov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi a'zosi Mavluda Ibragimovalar tashrif buyurdilar.

2.jpg

Deputatlar talaba-yoshlarimiz bilan ochiq muloqot o‘tkazib, inson manfaatlari va qadr-qimmati ustuvorlik kasb etgan yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini keng sharhladilar.

5.jpg

Professor Durbek Ahmedov yangi Konstitutsiya orqali suveren, demokratik, shu bilan birga ijtimoiy huquqiy davlat sari yo‘limiz belgilab olinishi va bu tamoyillar kelgusi taraqqiyotimizda ustuvor ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

Uchrashuvda Konstitutsiyada belgilanayotgan yangi iqtisodiy tamoyillar xususida batafsil so‘z borib, bu o‘zgarishlar davlat kelajagi uchun muhim poydevor hisoblanishi e'tirof etildi.

Shuningdek, inson huquqlariga oid mutanosiblik prinsiplariga asoslanayotgan muhim yangiliklar mohiyati sharhlandi.

7.jpg

Muloqot davomida talaba-yoshlarga yoshlar huquqlariga oid yangiliklar yetkazildi. Shuningdek, ta'lim olish huquqi, o‘qituvchining mehnati, sha'ni, qadr-qimmati, nogironligi bo‘lgan shaxslar himoyasi borasidagi yangiliklarga to‘xtalindi.

9.jpg

Deputat Mavluda Ibragimova yangi tahrirdagi Konstitutsiyada fuqarolar uchun davlat tomonidan malakali tibbiy yordam kafolatlanayotgani, tibbiy xizmat hajmi kengayayotganini e'tirof etdi.

Shuningdek, Konstitutsiyaga majburiy mehnatni taqiqlashga oid kengaytirilgan modda kiritilayotgani haqida ma'lumot berdi. Bolalar huquqlari ham to‘xtalib o‘tdi.

10.jpg

Muloqotda universitet talabalari deputatlardan o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga javob oldilar. Yangilanayotgan Konstitutsiyada aks etayotgan tamoyillarga o‘z munosabatlarini bildirdilar.

7 Aprel 2023 710

Ommabop