Qo‘qon universitetida “Balli qizlar” tanlovi bo‘lib o‘tdi
Qo‘qon Universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Balli qizlar” tanlovi tashkil etildi.
Tadbirda universitetimizning talaba qizlari turli shartlar bo‘yicha bellashib, o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyon etdilar. Tanlov ishtirokchilari bilim, ijodkorlik, sahna mahorati va boshqa qiziqarli yo‘nalishlarda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchi va g‘oliblar universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu musobaqa qizlarga motivatsiya, yangi tajribalar va unutilmas taassurotlar hadya etdi.
6 Mart 2025
⁞
425